top of page

Turkiyada dunyodagi yetakchi mamlakatlarining zamonaviy ta'lim tizimi qo'llaniladi. Bundan tashqari, Turkiyada ta'lim olish dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan arzonroq. Shuningdek Turkiyadagi ta'limingizni bitirganingizdan so'ng  ham hayotingizni Turkiyada davom ettirishni hohlasangiz mutaxasisligingizga mos ish imkoniyatlaridan ham foydalanishingiz mumkin..

NIMA UCHUN TURKIYADAGI TA’LIM?

Xaritaga ko'z tashlansa alohida geografik joylashuvi bilan, jild jild kitoblarga mavzu bo’la olgan uzoq tarixi bilan, hududida turli etnik guruhlarni o’zichiga olgan holda rivojlangan ma’daniyati bilan Turkiya bugungi kunimizda dunyoning eng muhim davlatlari orasidan joy oladi. Bu zaminni himoya qilishda va kelajakka yetkazib berishda  ta'limning ahamiyati juda katta. Ta'lim tizimi mamlakatimizda rivojiga eng ko’p e’tibor qaratilgan sohalardan biridir hamda Turkiyada dunyoning eng zamonaviy ta'lim tizimlarini qo’llanilmoqda.

Shuning uchun, so'nggi yillarda Turkiyada xorijiy talabalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Bu ortishning sabablarini bir qancha sarlavhalar ostida guruhlashtirishimiz mumkin.

Sifatli ta’lim standartlari;

Turkiyada dunyodagi yetakchi mamlakatlarning zamonaviy ta'lim tizimlari qo'llanilmoqda. Har yili turli sohalarda o'nlab mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda. Bu bir vaqtda, muvaffaqiyatli pedagoglar jamoasi demakdir. Bu vaziyatdan kelib chiqib mamlakatimizning ta'lim tizimini afzal ko’rgan xorijliklar uchun tahsillarini sifatli yakunlashlariga imkon beradi.

Ish topish imkoniyatlari;

Turkiya ham turizm ham iqtisodiy tarafdan rivojlanayotgan mamlakat bo’lib, ta'limlarini yakunidan so’ngra hayotini bu yerda davom ettirish niyatida bo’lgan xorijliklarga ish imkonlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, qonunan chet elliklar talabalikka erishgan davrdan boshlab, yarim kunlik ishlash orqali tajriba orttirish imkoniyati ham mavjud.

Arzon ta’lim va hayot;

Turkiyada ta’lim olish dunyoning ko'plab mamlakatlariga nisbatan ancha arzon. Xalqaro kuchga ega diplomlarga ma’qul narxlarda to'lovlarni amalga oshirish orqali ega bo'lish mumkin. Shu bilan birga, o’zlarining uy-joy va yasham ehtiyojlarini arzon narxlarda ta'minlash mumkin.

 

Issiqqon va yordamsevar jamiyat;

Tarixan etnik guruhlar bilan bir orada yashashlari sababli turk xalqi har doim mehmondo'st va yordam sevar bo’lganlar. Xususan, talaba sifatida bu yerda yashab kelayotgan xorijliklarga har qanday yordamlarini ayamaydilar. Bu esa chet ellik talabalarning moslashuv davrini osonlashtiradi.

Geografik yerlashish va iqlim;

3 tarafdan dengizlar bilan o'ralgan mamlakatda talabalikka erishish, ta’tilda ko’p ko'p sayohat qilish demakdir. Ham tabiati ham tarixi dunyoning turli burchaklaridan millionlab sayyohlarning oqib kelishlariga sabab bo’la olgan bir mamlakatda ta’lim maqasadida yashash ajoyib va ​​unutilmas tajribadir. Bu davrni Turkiyaning boy tarixini, madaniyatini va geografik sharoitlarini tadqiq etib yoki shunchaki zavqlanib o’tkazish mumkin.

bottom of page